“Milliy taraqqiyot strategiyasi: O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish masalalari va xalqaro tajribalar tahlili” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘nlab olimlar va tadqiqtotchilarni metodologik tahlillarga chorladi va natijada mavzu doirasida yangi xulosa va takliflar ishlab chiqishga erishildi. Mazkur konferensiya to‘plamida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, aholining zaif qatlamlari o‘rtasida ijtimoiy adolatni ta’minlash, inklyuziv ta’lim, ekologik kelajak va raqamli transformatsiya masalalariga bag‘ishlangan 5 ta sho‘ba bo‘yicha ilmiy ishlar jamlangan. To‘plam orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha eng ustuvor masalalar, davlatning hal qiluvchi kuch sifatidagi strategiyalari, mintaqamiz va mentalitetimizga mos keladigan xalqaro tajribalar bilan tanishishni tavsiya qilamiz.
Creators
Submitter
Views: 47 Downloads: 0
Created: 10th Jan 2025 at 05:19
None
Version History
Version 1 (earliest) Created 10th Jan 2025 at 05:19 by Khasan Topilov
No revision comments