"Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish: davlat siyosati va imkoniyatlari" ilmiy-amaliy konferensiyasi respublikamizning olimlari va ilm ahlini to'rtta muhim sho'ba doirasida munozaraga chorladi. Konferensiyada ta'lim tizimida iqtisodiy bilimlarni oshirish yo'llari, texnologik taraqqiyot va yoshlarning yangi texnologiyalarni o'zlashtirishlari borasidagi ishlar keng muhokama qilinib, yangi metod va tavsiyalar ilgari surildi.
Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati, ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha islohotlar, O'zbekistonning kelajak strategiyalari, rivojlantirish yo'nalishlari belgilab olindi. Unda muhokama etilgan va ilgari surilgan barcha ilmiy yechimlar, tadqiqotchilarning nuqtai nazarlari konferensiya to'plamida jamlandi.
Creators
Submitter
Views: 42 Downloads: 0
Created: 10th Jan 2025 at 05:03
None
Version History
Version 1 (earliest) Created 10th Jan 2025 at 05:03 by Khasan Topilov
No revision comments